20-yubiley Хalqaro “Tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi

27 - 29 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

MiningMetals Uzbekistan 2025 koʻrgazmasi Oʻzbekistondagi xalqaro kon-metallurgiya texnologiyalari va innovatsiyalari markazi maqomini tasdiqladi.


2025-yil 28-30-oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida
Iteca Exhibitions tomonidan hamkori ICA Eurasia Group bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirlar mavsumini davom ettirgan “Tog’-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro koʻrgazmasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

MiningMetals Uzbekistan 2025 koʻrgazmasida quyidagi 15 ta mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi: Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Kanada, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston, Latviya, Moʻgʻuliston, Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston va Chexiya. Koʻrgazmaga jami 4095 tashrif qayd etildi, bu esa tadbirga boʻlgan yuqori qiziqishni namoyish etadi.

Ko'rgazma ekspozitsiyasi ikkita asosiy sektorga bo'lingan edi: "Tog’-kon ishi" va "Metallurgiya va mashinasozlik". "Tog’-kon ishi" bo'limida foyali qazilmalarni qidirish, qazib olish va qayta ishlashda qo'llaniladigan zamonaviy yechimlar, uskunalar, innovatsion texnologiyalar va eng ilg’or amaliyotlar namoyish etilgan bo'lsa, "Metallurgiya va mashinasozlik" bo'limida metallurgiya kompaniyalari uchun keng turdagi uskunalar va texnologiyalar namoyish etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar tashqi ekspozitsiyada qurilish va tog;-kon ishi uchun mo’ljallangan uskunalarni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Ko'rgazmada ilk bor burg'ulash va portlatish ishlari uchun uskunalar hamda portlovchi moddalarni xavfsiz tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalar namoyish etildi.

Keng tematik qamrovi tufayli ko'rgazma ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga sanoatning holati va rivojlanish tendentsiyalari haqida to'liq tushunchaga ega bo'lish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning ilg'or yechimlari bilan tanishish hamda texnologik innovatsiyalar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatini berdi. Bundan tashqari, minglab ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar tajriba almashish, yangi aloqalar o'rnatish va sanoatning bozor salohiyatini baholash uchun bitta joyda to'planishdi.

Ko'rgazmaning kumush homiysi Chexiyaning Inco Engineering kompaniyasi bo'ldi. Bu kompaniya konchilik uskunalari, jumladan, shaxta ko'targichlaridan tortib, zamonaviy konlar uchun kompleks yechimlargacha bo'lgan sohalarda jahon yetakchisi hisoblanadi.

Respublikamiz quyidagi tegishli idoralari va kon-metallurgiya sanoati flagmanlarining birlashgan stendi katta e'tiborni tortdi: O'zbekiston Respublikasi Tiog’-kon sanoati va geologiya vazirligi, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston texnologik metallar kombinati, “Navoiyuran”, “O'zmetkombinat”.

An’ayaviy tarzda Germaniya Milliy pavilyoni (16 ta kompaniya), Rossiya Federatsiyasi (Nijniy Novgorod viloyati) kompaniyalarining jamoaviy stenda va Xitoy kompaniyalarining keng ishtiroki qayd etildi.

Koʻrgazmada debyutant boʻlgan Moʻgʻuliston portlovchi moddalarni tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalarni taqdim etdi.

An'anaga ko'ra, ko'rgazmada yettinchi marta O'zbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi - UIMF 2025 bo'lib o'tdi, uning asosiy kun tartibi "Kelajak tog’-konk sanoati: resurslar va strategiyalar" edi. Unda 17 mamlakatdan 46 ta spiker va moderator, 500 dan ortiq delegat ishtirok etdi. Forumda hukumat vakillari, sanoat regulyatorlari, yirik ishlab chiqaruvchilar, investorlar, moliya institutlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Forum Congresses of Central Asia – CCA kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Bu yil forumni Oltin homiylar – “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” (UzTMK) AJ va Dassault Systèmes, Homiy - DETRA, Innovatsion hamkor - Datamine hamda Hamkorlar - LabWare va Micromine qoʻllab-quvvatladilar.

MiningMetals Uzbekistan yana bir bor Oʻzbekistondagi tog-kon va metallurgiya sanoati uchun yetakchi koʻrgazma tadbirlaridan biri sifatidagi maqomini namoyish etdi va zamonaviy uskunalar va texnologiyalar haqida maʼlumot olish uchun samarali platforma yaratdi. Koʻrgazma sohani rivojlantirishga, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarishda ekologik tozalik va energiya samaradorligini oshirishga katta hissa qoʻshadi. Koʻrgazma kon-metallurgiya mutaxassislari, tegishli vazirliklar va idoralar hamda ixtisoslashgan agentliklarga ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning istiqbolli variantlarini oʻrganish imkoniyatini beradi.

Ko‘rgazmaning muvaffaqiyati haqida uning ishtirokchilarining o‘zlari ham gapirmoqda:
"Biz ushbu ko'rgazmada 10 yildan ortiq vaqtdan beri ishtirok etib kelmoqdamiz. Bizning aksiyadorlik jamiyatimiz uchun bu yangi hamkorlar bilan uchrashish va o'zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkoniyati sifatida muhimdir. Bu yerda biz xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib boramiz, mavjud aloqalarni yangilaymiz va yangilarini o'rnatamiz. Bu yil biz ko'plab yangi hamkorlar orttirdik va ular bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusi yilda yana ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz."

Dilmurod Ro'ziev, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) menejeri (O'zbekiston)

"Biz ushbu ko'rgazmada O'zbekiston bozoriga juda qiziqqanimiz uchun ishtirok etmoqdamiz. Mamlakat sanoati va bizning imkoniyatlarimiz o'rtasidagi ko'plab aloqa nuqtalarini ko'rmoqdamiz. Ko'rgazma haqidagi taassurotlarimiz juda ijobiy - u har yili yaxshilanib bormoqda. Biz yana kelishni intiqlik bilan kutmoqdamiz."

Vadim Rozenshteyn, Inco Engineering boshqaruvi raisi (Chexiya)

"Biz kompaniya tarixida ilk bor O'zbekiston bozoriga o'z mahsulotlarimiz va dasturimizga tegishli muhandislik xizmatlarining to'liq spektrini taqdim etayotganimizdan faxrlanamiz. Odamlar juda ochiq va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chin dildan ishtiyoqmand. So'nggi bir necha kundan so'ng, men kelasi yili ishtirok etishimizni ishonch bilan ayta olaman."

Yurgen Peschke, Siemag Tecberg prezidenti va bosh direktori (Germaniya)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Investitsiyalarni ragʻbatlantirish agentligi kabi tegishli davlat idoralari vakillari va ishtirokchi mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari MiningMetals Uzbekistan 2025 koʻrgazmasiga qiziqish bilan tashrif buyurishdi.

27-29 oktyabr kunlari "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasida bo'lib o'tadigan MiningMetals Uzbekistan 2026 20-yubiley xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun loyiha direktori Anna Perelygina bilan +9989 71 205 18 18 raqami orqali yoki mining@iteca.uz elektron pochta manzili orqali bog'laning.

Rasmiy ko’mak:
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
- O'zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- O'zbekiston metallurgiya uyushmasi
- Toshkent shahar hokimligi

Ko'rgazmaning kumush homiysi:
Forum homiylari va hamkorlari

Tashkiliy ko’mak:

Bosh information hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Техnik hamkor:

Internet-Hamkor:
Informatsion ko’mak:

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz, www.mining.uz