“Tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro ko‘rgazmasi

28 - 30 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ishtirok etishning afzalliklari

MiningMetals Uzbekistan – O‘zbekistondagi eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib, u tog‘-kon sanoati va metallsozlik uchun to‘liq texnologiya va xizmatlarni taqdim etadi!

Ko‘rgazma ishtirokchisiga aylaning va mahalliy va Markaziy Osiyo bozori haqida maksimal ma’lumotga ega bo‘ling. Faqat MiningMetals Uzbekistanda siz qisqa vaqt ichida tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi potentsial mijozlar va hamkorlarning maksimal soni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish hamda ularga eng so‘nggi yutuqlaringizni namoyish etish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lasiz.

Ko‘rgazma nafaqat yangi mahsulotlarni solishtirish va sinab ko‘rish, balki potentsial mijozlardan qimmatli fikr-mulohazalarni olish, kompaniya rivojlanishi uchun yangi g‘oyalar va istiqbolli yo‘nalishlarni topish, qimmatli tajriba va sohaga oid eng dolzarb ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Ko‘rgazmaning tashkil etilishidagi yuqori xalqaro standarti, har bir mijozga individual yondashuv, shuningdek, B2B uchrashuvlarini o‘tkazishda tashkilotchilarning yordami tufayli ko‘rgazmadagi ishtirokingiz imkon qadar samarali bo‘ladi!

Ko‘rgazmaga bag’ishlangan onlayn, oflayn va PR-aktivatsiyalarni qamrab olgan keng ko‘lamli promokampaniya yil bo‘yi O‘zbekistonda va xorijda olib borilmoqda.
Axborot ko`magi