Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi.Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.
Manba