20-yubiley Хalqaro “Tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi

27 - 29 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

KIGAM vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, vazir maslahatchisi B.Normatov, vazirlik vakillari hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyiha pudrat tashkiloti (PMC) vakillaridan iborat Koreya geofanlar va minerallar instituti (KIGAM) delegatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekistonda foydali qazilmalar resurslari va geologik xatarlarni boshqarish bo‘yicha integrallashgan tizimni yaratish” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda loyiha doirasidagi ikkinchi komponent - geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilishining hozirgi holatini muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar loyiha uchun pilot hududni belgilash va u bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi orqali loyihani amalga oshirishni boshlash, keyinchalik esa uni butun O‘zbekiston miqyosida bosqichma-bosqich kengaytirish haqida kelishib oldilar.

Manba