“Tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro ko‘rgazmasi

28 - 30 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Tog‘-kon va og‘ir sanoatlar uchun eng yaxshi echimlar.

14-Xalqaro ko‘rgazma "Tog‘-kon ishi, Metallurgiya va Metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan 2019" 2019 yilning 5-7 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" MKМda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchi sifatida O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarni o‘tkazish bo‘yicha peshqadam bo‘lgan Iteca Exhibitions kompaniyasi ish olib boradi.

"MiningMetals Uzbekistan" - O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan peshqadam ko‘rgazma bo‘lib, u tog‘-kon va metallurgiya, mashinasozlik sanoatlari va metallga ishlov berish sohasidagi texnologiyalar va xizmatlarning to‘liq majmuasini taqdim etadi. Tadbir uskunalarni xarid qilish va sanoatga eng yangi texnologiyalarni joriy etishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning etakchi korxonalari rahbarlari, bosh muhandislari va bosh metallurglarining ish taqvimlaridan o‘rin olgan.

14 yil mobaynida ko‘rgazma mazkur tarmoqdagi eng yangi ishlanmalar, uskunalar, xizmatlarni muntazam ravishda muvaffaqiyat bilan namoyish qilib kelmoqda va tog‘-kon sanoati va tog‘ jinslarini qayta ishlash sanoatining jahon va mahalliy etakchi kompaniyalari tomonidan doimo e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Ko‘rgazma chegarasini kengaytirishi o‘sishga olib keldi va joriu yildagi ekspozitsiya tog‘-kon sanoati, metallurgiya va dastgohsozlik sanoatlaridagi ishlanmalarning to‘liq majmuini namoyish qilish imkonini berdi. 2018 yilga taqqoslaganda ko‘rgazma 40 foizga o‘sdi va uchinchi pavilonda hamda ochiq namoyish maydonidagi 3000 kvadrat metrga joylashdi.

Avstraliya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Polsha, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Shvetsiya, Estoniya kabi 16 mamlakatning 100 ga yaqin kompaniyasi o‘z yutuqlarini namoyish etadi.

Xitoy Xalq Respublikasining jamoa standi 29 ta kompaniyani birlashtirdi va tog‘-kon boyitish majmuasi hamda mashinasozlik va metallurgiya uchun texnologiyalar va xizmatlarning to‘liq turkumini namoyish etadi.

Ko‘rgazma homiysi Sever Minerals (Rossiya) o‘z standida rudani tayyorlash majmuasi uchun arxitektura namunasi, Multotec vintli separatori nusxasi va nasos-gidrotsiklon qurilmasi to‘plamini taqdim etadi.

Amaliy dastur:

Ko‘rgazma doirasida 2019 yilning 6 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonning Xalqaro Tog‘ Forumi (UIMF) o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmaga rasmiy ko‘mak ko‘rsatganlar:

  • O‘zbekiston Respublikasining Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Tashkiliy ko‘mak: AJ "MKM "O‘zekspomarkaz"

Texnik hamkor: LED design

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, marhamat, Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:

Tel.: +998 71 205 18 18
Faks: +998 71 237 22 72
E-mail: guzal.artykova@iteca.uz
Veb-sayt: www.iteca.uz